Deputat G‘aniyev kattakonlardan “tonirovka”ni bepul qilishni so‘ramoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Doniyor G‘aniyev hukumat a’zolariga "tonirovka"ni bepul qilish yoki minimal to‘lovlar asosida ruxsat berilishini so‘rab murojaat qildi. 

Deputatga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni kunlarda anomal issiq qayd etilmoqda. Kunlik harorat o‘rtacha 40 darajani tashkil etmoqda. Bu esa fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayishiga olib keladi.

“Kunduzi issiqdan jon saqlab, kechki salqinda ko‘chaga chiqar desang, karantin cheklovlari sabab soat 20:00dan keyin deyarli barcha xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyati ham to‘xtatilyapti. 

Yozning jazirama issiq kunlari nafaqat fuqarolarga noqulaylik tug‘diradi, balki O‘zbekistonning Yalpi ichki mahsulotlariga, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojiga qattiq zarba bo‘lyapti", deydi G‘aniyev.

Deputatning ta’kidlashicha, yilning issiq mavsumida avtomobil oynalarini qoraytirishga bepul yoki minimal to‘lovlar asosida ruxsat berilishi fuqarolarning iqtisodiy faolligi va samaradorligi oshishi hamda mamlakat iqtisodi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

"Tonirovkani pullik qilishni o‘ylab topgan hurmatli rahbarlar, iqtisodiyot o‘sishi, byudjetga ko‘proq pul tushushini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling", deya murojat qiladi G‘aniyev.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda "tonirovka" narxlari quyidagicha:

Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun (1 yilga):

•  jismoniy shaxslarga – eng kam ish haqining 10 barobari (2 mln 230 ming so‘m);
•  yuridik shaxslarga - eng kam ish haqining 10 barobari (2 mln 230 ming so‘m);
•  xorijiy tashkilotlarga - eng kam ish haqining 20 barobari (4 mln 460 ming so‘m).

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar) (1 yilga):

•  jismoniy shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (11 mln 150 ming so‘m);
•  yuridik shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (11 mln 150 ming so‘m);
•  xorijiy tashkilotlarga - bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari (17 mln 840 ming so‘m).

Ushbu to‘lov turistik avtobuslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida etib belgilangan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing