“Deputat bo‘lmay o‘llaring”. Saylov komissiyasi a’zosining mojaroli videosi tarqaldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini saylov komissiyasi a’zosi deb tanishtirgan ayolning partiya kuzatuvchilariga qo‘pollik qilayotgani va deputatlarga “o‘lim tilayotgan” holati aks etgan video tarqaldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ushbu voqeaga e’tibor qaratmoqda

Videoda ayolning "jim o‘tiringlar... deputat bo‘lmay o‘llaring", deya atrofidagilarga qo‘pollik qilganini ko‘rish mumkin.

Deputat Rasul Kusherboyevning yozishicha, voqea kecha,  4 iyul kuni Toshkent shahar Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashiga 26-Jarqo‘rg‘on okrugidan deputat saylash jarayonida yuz bergan. 

Hozircha, ushbu voqeaga hech qaysi mas’ul tashkilot yoki shaxs rasmiy munosabat bildirmagan. Kusherboyev videoga qisqagina qilib, “bu boshlanishi... Ana saylov”, deya izoh qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil O‘zbekistonda katta siyosiy voqea — Prezident saylovi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Saylov har galgi an’anaga ko‘ra dekabrda emas, balki oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

325

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing