Deputat: “76 ta uyning 60 ga yaqinida xonadon egalari qurilish ishlaridan norozi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aholi murojaati asosida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Saxovat" mahallasi, Saxovat ko‘chasidagi namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarning ahvoli bilan tanishganini bildirdi. 

“Shu yilning aprel oyida tugallanishi va’da qilingan uylar hamon to‘liq egalariga topshirilmaganligi va qurilishdagi sifatsiz ishlar haqida aholi vakillari o‘tgan haftada Yangiyo‘ldagi qabulxonamga kelib murojaat qilishgandi,” deydi deputat. 

"Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, murojaat joyida o‘rganilgandagina asl haqiqat namoyon bo‘ladi. Shu bois, qurilishga mas’ul “Qishloq qurilish invest” IK va tuman hokimligi mas’ullarini joyiga taklif qilib, muammoni o‘rganib chiqdik.

Ochig‘i aholi vakillari noliganicha ham bor ekan: jami 76 ta uyning 60 ga yaqinida xonadon egalari u yoki bu darajada qurilish ishlaridan norozi, aksariyati qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgani uchun uylarni qabul qilib olishmagan. Shu bois, uylar hamon tabiiy gaz bilan ta’minlamagan, yangi ko‘cha chang to‘zon va shag‘aldan iborat bir ahvolda. Shuningdek, bir qator xonadonlardagi hammom, qozonxona, eshik, kanalizatsiya, hovli sahnidagi beton va elektr toki montaj ishlari qurilish talablariga mos olib borilmagan, ayrim quruvchi ustalar ish haqlarini ola olmay sarson...

 Deputatlik nazorati degan gapdan kelib chiqib, ishlar oxiriga yetmaguncha har hafta bir oyog‘imiz shu yerda bo‘ladi endi".


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing