Depressiyadan xalos qiluvchi miya chiplari ishlab chiqildi
Texnologiya
−
19 yanvar 2023
5650AQSHning Inner Cosmos startapi depressiyadan xalos bo‘lish uchun birinchi miya implantatsiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Plus one” nashri xabar berdi.
Taxminan bir yarim santimetr diametrli chip teri ostiga o‘rnatiladi va miyaning depressiya rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan qismiga elektr impulslarini chiqaradi. Qurilma kuniga bir marta 15 daqiqa davomida miyaning chap tomonidagi mikropulslarga ta’sir qiladi.
Implant ikki qismdan – bosh terisi ostidagi elektrod va tashqi tomondan foydalanuvchi sochlari orasiga biriktirilgan batareyadan iborat. Ushbu ishlanma allaqachon odamlarda sinab ko‘rish uchun tayyor. Chipni o‘rnatish jarayoni 30 daqiqa davom etadi.
“Dunyo og‘ir tartibsizlik holatida, bu esa idrokning buzilishiga olib keladi. Bunday noxush ta’sirlarni millionlab odamlar his qilmoqda, bu esa depressiya darajasini oshirishga sabab bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har yili 140 million amerikaliklar diqqatni jalb qilish yoki depressiyaga qarshi dori-darmonlarni iste’mol qiladi. Biz ishonamizki, yondashuvimiz depressiyadan aziyat chekkanlarning hayotini yumshatadi”, deydi miya chiplarini ishlab chiqaruvchi tadbirkor Meron Gribets.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi