Denovdagi maktab hovlisidan 3-sinf o‘quvchisining jasadi topildi

Jamiyat

image

Surxondaryoning Denov tumanidagi 15-maktab hovlisidan 3-sinf o‘quvchisi Z.Q. o‘lik holda topildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Denov tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida yashovchi M.Q. (ayol) kecha, 27 sentyabr kuni soat 17:25 larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 2013 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida, voyaga yetmagan Z.Q.ning sog‘ligi yomonlashganini ko‘rgan. Ayol bolaning hayoti xavf ostida qolgani va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganini bilan turib, unga yordam ko‘rsatmasdan, shu mahallada joylashgan Denov tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-maktabning hovlisiga tashlab ketgan. Oqibatda voyaga yetmagan Z.Q. maktab hovlisida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan bugun, 28 sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing