Denovda ikki kishi YTHda halok bo‘ldi  

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada ikki fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqida YHXBB Surxondaryo viloyat bo‘limi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Hodisa Denov tumani "Dahana" MFY aholi zich joylashgan qismida sodir bo‘lgan. Haydovchi o‘ziga tegishgli bo‘lmagan avtotransport vositasini minib yo‘lga chiqqan. O‘z yo‘nalishida ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodalarni ko‘rgan haydovchi mashinani to‘xtatishga ulgurmagan va yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada bir nafar fuqaro voqea joyida, yana bir fuqaro  tez yordam xizmati ko‘rsatilganiga qaramasdan  shifoxonada vafot etgan. 

“Yo‘lning narigi betida, 300-400 metr narida odamlarni ko‘rdim. Ular mendan oldin kelayotgan Damas mashinasini o‘tishini kutishdi va behosdan meni yo‘limdan chiqdi. Bo‘lgan voqeani hozir tushuntirib berolmayman. Agar shunday bo‘lishini avvaldan bilganimda, ularga emas o‘zimga zarar yetkazgan bo‘lar edim. Chunki ularni farzandlari bor. Men esa hali oila qurmaganman”, deydi haydovchi pushaymonlik bilan. 

Hodisa yuzasidan YHXBB viloyat bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi inspektorlari, Denov tuman hokimligi va boshqa aloqador xizmat vakillari bilan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing