Denovda 10 ta maktab yopildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10 maktab faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani bois, Denov tumani hokimi tomonidan mahallalar 4 ta sektor kesimida "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, qizil hududga o‘tgan mahallalardagi jamoa to‘planadigan maskanlarning vaqtincha faoliyati to‘xtatilgan.

Tumanda bosqichma-bosqich an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlagan quyidagi maktablar pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar 
faoliyatini to‘xtatadi:

1-sektor bo‘yicha: 27, 50, 52, 55, 96-maktablar;

2-sektor bo‘yicha: 42, 46, 53-maktablar;

3-sektor bo‘yicha: 45-maktab;

Ushbu maktablar faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar o‘quvchilar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi 16 sentyabr holatiga mamlakatdagi 10 mingga yaqin maktablarning yaqin maktablarning 2 550 tasi an’anaviy shaklda faoliyatini boshlaganini ma’lum qilgandi. 

Bundan avval poytaxt Toshkentda ham ikkita maktab yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing