Denov tumani jinoyat sudi raisi avariyaga uchradi
Jamiyat
−
13 may
11581Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi Kamoliddin Murodov YTHga uchrab, og‘ir tan jarohatlari oldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, voqea dam olish kuni – joriy yilning 9 martida sodir bo‘lgan. Avtomobil boshqaruvida bo‘lgan sud raisining advokat tanishi esa vafot etgan.
Tursunali Akbarovga ko‘ra, xizmat tekshiruvi natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, JIB Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga nisbatan tuman sudi raisining kengashga kiritgan shikoyati belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, mashina boshqaruvida kim bo‘lganiga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.
Ma’lumot uchun, Kamoliddin Murodov 2021 yilning aprel oyida 5 yil muddatga Denov tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi