Denov tumani hokimi o‘zgardi

Jamiyat 6309
image

Bugun, 5 noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi.

Unda 2018 yil 11 noyabrdan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etilgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardayev tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Rustam Pardayev 1979 yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 215
Reyting: 3
t
×