Dengiz sathining sezilarli ko‘tarilishi taxmin qilindi

Olam

image

Xalqaro ekologlar va Yerni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar jamoasi kelgusi 250 yil ichida dengiz sathining sezilarli darajada ko‘tarilishini taxmin qildi. Bu haqda “Life“ nashri ma’lum qildi.

Mutaxassislar yuzdan ortiq yetakchi olimlardan intervyu olib, mingdan ortiq ilmiy maqolalarni tahlil qilishgan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, eng yomon ssenariy bilan, 2100 yilga kelib, okean sathi 1,3 metrga ko‘tariladi. 2300 yilga kelib esa suv sathi hozirgidan 5,6 metrga ko‘tarilishini taxmin qilishmoqda.

Maqola mualliflaridan biri Potsdam universiteti professori Stefan Ramstorf Grenlandiya va Antarktidadagi muzning erishi bunday muhim o‘zgarishlarga sabab deb biladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi muzlar okean sathini 65 metrga ko‘tarish uchun yetarli. Olimlar tadqiqot natijalari issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishning o‘ta muhimligini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Dengiz sathi Global isish

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing