“Demokratiya indeksi”: O‘zbekiston reytingda 5 pog‘ona ko‘tarildi, ammo...

Jamiyat

image

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan “Demokratiya indeksi”da 150-o‘rinni egalladi va avtoritar rejimli davlatlar qatorida qoldi.

2021 yil bo‘yicha reytingga jami 167 ta davlat hamda Gonkong va Falastin avtonomiyalari kiritildi. O‘zbekiston bor-yo‘g‘i 2,12 ball to‘pladi va “avtoritar rejim”li davlatlar qatorida qoldi. Ekspertlar saylov jarayoni sifati va plyuralizmga 10 balldan – 0,08 ball, hukumat faoliyatiga – 1,86 ball, siyosiy ishtirokka – 2,78 ball, siyosiy madaniyatga – 5 ball, fuqarolar erkinligiga – 0,88 ball baho berdi.

Shuningdek, reytingda Qirg‘iziston – 115, Rossiya – 124, Qozog‘iston – 128, Tojikiston – 157, Turkmaniston – 162-o‘rinni egallagan. 28 ta davlatni o‘z ichiga olgan Yevroosiyo mintaqasida O‘zbekiston 2020 yildagi kabi 26-o‘rinda qoldi.

“Demokratiya indeksi”da birinchi o‘rinni yana Norvegiya (9,75 ball) egallagan. Undan keyin Yangi Zelandiya (9,37 ball), Finlyandiya (9,27 ball), Shvetsiya (9.26 ball), Islandiya (9,18 ball) joy olgan. Reytingni 0,38 ball bilan Afg‘oniston yakunlab bergan. Reytingning eng pastki beshtaligida Afg‘onistondan tashqari Myanma (1,2 ball), Shimoliy Koreya (1,08 ball), Kongo Demokratik Respublikasi (1,40 ball), Markaziy Afrika Respublikasi (1,43 ball) joy olgan.

Ma’lumot uchun, The Economist Intelligence Unit 2006 yildan beri “Demokratiya indeksi”ni e’lon qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil O‘zbekiston mazkur reytingda 2,12 ball bilan 155-o‘rinni egallab, 2019 yilga nisbatan 2 pog‘ona yuqorilagan edi. Ushbu natija indeksning “Siyosiy ishtirok” indikatori bo‘yicha mamlakatga berilgan ballar sezilarli yaxshilanganligi evaziga erishilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing