Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston nechinchi o‘rinni egalladi?
Bu qiziq
−
03 fevral 2023
10434O‘zbekiston 2022 yil yakuniga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot tashkilotining Demokratiya indeksida 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Bu tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan ro‘yxatda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston demokratiyasiga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q. Bundan tashqari, bu ball orqali O‘zbekiston “avtoritar rejim”ga ega davlatlar guruhiga kiritilgan.
O‘zbekistondagi demokratiya besh toifada baholangan:
- saylov jarayonining sifati va plyuralizm uchun – 10 balldan 0,08 ball;
- hukumat faoliyati uchun – 1,86 ball;
- siyosiy ishtirok uchun – 2,78 ball;
- siyosiy madaniyat uchun – 5 ball;
- fuqarolik erkinligi uchun – 0,88 ball.
2022 yil reytingida ham O‘zbekiston 167 mamlakat ichidan 149-o‘rinni egallagan. 2021 yilda mamlakat reytingda 150-pog‘onadan joy olgan.
Ma’lumot uchun, reytingda birinchilikni bir necha yillardan beri ketma-ket Norvegiya 9,81 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli beshlikdan Yangi Zelandiya (9,61), Islandiya (9,52), Shvetsiya (9,39) va Finlyandiya (9,29) joy oldi. Reytingni eng so‘nggi pog‘onalarni Shimoliy Koreya (1,08), Myanma (0,74) va Afg‘oniston (0,32) yakunlab bergan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi