De Bryuyne Belgiya terma jamoasi tarixidagi 10-eng yaxshi to‘purarga aylandi

Sport

image

Belgiya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatorida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda “Championat” nashri xabar berdi.

Kecha, 8 iyun kuni Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasining  2-turi doirasida o‘z maydonida Polsha terma jamoasini qabul qildi. Uchrashuv Bryusseldagi (Belgiya) “Rua Boduen” stadionida bo‘lib o‘tgan. Ushbu bahs maydon egalarining 6:1 hisobidagi o‘ta ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Belgiya terma jamoasining gollaridan biri de Bryuyne hisobiga yozilgan. Bu gol uning uchun milliy jamoadagi 24-gol edi.  Bu ko‘rsatkich orqali “Siti” yarim himoyachisi terma jamoa tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Belgiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar “Chelsi”  hujumchisi Romelu Lukaku hisoblandi. Uning hisobida 68 ta gol bor.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing