Dehlida aholi chang yutib ishlashga majbur

Olam

image

Hindiston poytaxti Yangi Dehlida ifloslanish darajasi “juda yomon”dan “yomon” darajaga tushdi. Havo indeksi inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatsa-da, boshlang‘ich maktablar shu hafta ichida qayta ochilishi va ba’zi qurilish ishlaridagi cheklovlar olib tashlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Alarabiya” nashri ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha, bugun, 7 noyabr kuni shahardagi deyarli barcha kuzatuv stansiyalarida havo sifat indeksi 300-400 daraja ya’ni “yomon” toifasida turibdi. Bu esa inson nafas olish organlariga salbiy ta’sir qiluvchi ko‘rsatgich hisoblanadi. O‘tgan hafta vaziyat bundan ham battar edi va Dehli shahri 400-500 ko‘rsatkichli havo indeksida turgandi.

Natijada shahardagi boshlang‘ich maktablar yopilishi e’lon qilingandi. Biroq, bu cheklovlar uzoqqa bormadi.

“Alarabiya” nashrining yozishicha, 9 noyabrdan boshlab maktablar yana qayta ochiladi. Shuningdek, boshqa cheklovlar ham bekor qilinadi.

“Bugundan boshlab ishchilar to‘liq ishga qatnashlari mumkin, korxonalar esa to‘liq quvvat bilan ishlaydi”, dedi Dehli shtati atrof-muhit vaziri Gopal Rai jurnalistlarga.

Ma’lumot uchun, har yili avtomobil chiqindilarining ko‘pligi, sovuq havoning qurilishdagi changni o‘zida saqlashi, qo‘shni shaharlarda chiqindi qoldig‘ining yondirilishi tufayli Hindiston poytaxti Dehlini qalin tutun qatlami qoplaydi. 

Natijada esa uning 20 million aholisi orasida respirator kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing