Dehqonov Prezident Administratsiyasi aralashuvi bilan ozod qilingani aytildi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2022
227589 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi aralashuvi bilan chiqarib yuborilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, kuni kecha Chilonzor va Uchtepa tumanlarida sodir bo‘lgan daraxtkushlik davlat rahbari boshchiligidagi "Yashil makon" dasturini amalga oshirish qanchalik qiyin bo‘layotganini ko‘rsatgan.
Bilamizki, ona tabiatni asrash, daraxtlarni saqlab qolish borasidagi ishlar davlat siyosatining ajralmas bo‘lagiga aylanib bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan daraxt kesishga qarshi muddatsiz moratoriy e’lon qilindi, "Yashil makon" dasturi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, prokuraturaning xatti-harakati dastlab xavotirlarni uyg‘otgan.
“Bilamizki, ona tabiatni asrash, daraxtlarni saqlab qolish borasidagi ishlar davlat siyosatining ajralmas bo‘lagiga aylanib bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan daraxt kesishga qarshi muddatsiz moratoriy e’lon qilindi, "Yashil makon" dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Demak. qancha qiyin bo‘lmasin davlatning bu boradagi pozitsiyasi qat’iy va o‘zgarmas: moratoriy talablariga rioya qilinishi shart. Va biz buni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biroq, kechagi Chilonzor va Uchtepadagi daraxtkushlik voqeasi bu talabni amalga oshirish qanchalar qiyin ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ayniqsa, jamoatchilik bilan bab-baravar ekologik qonunchilik ijrosini ham nazorat qilishi kerak bo‘lgan prokuraturaning ishga yondoshuvi dastlab havotirli tuyuldi. Shahar ekologiya boshlig‘ini hibsga olib, jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan prokuratura yakunida o‘zi uni ozod qildi. Savollar ko‘p bo‘lsa-da har qalay prokuraturaning yakunida qilgan harakati o‘z o‘rnidagi to‘g‘ri va asosli qaror bo‘ldi, deb hisoblaymiz.
Chunki, jamoatchilik ham ekologiya xodimlari ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan moratoriy talablariga rioya etilishi tarafdori.
Umid qilamizki, bunday tushunmovchilik boshqa qaytarilmaydi.
Shu o‘rinda yana bir gapni aytib o‘tish darkor. Mendagi ma’lumotlar bo‘yicha kechagi ziddiyat Prezident Adminstratsiyasining aralashuvi bilan o‘z o‘rniga tushgan.
Prezident Adminstratsiyasining jamoatchilik bilan ishlashdagi yangi uslubi va jamoat bilan hamfikr holda ish tashkil etayotgani shaxsan meni quvontirmoqda, yangi ishonch va g‘ayrat bermoqda.
Biz bunday yondoshuvni qo‘llab-quvvatlaymiz va bundan buyon ham davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy etilayotgan talablarni amalga oshirishda faol jamoatchilik nazoratini olib borishda davom etamiz”, deb yozgan Kusherboyev.
Bosh prokuraturaning kecha, 10 sentyabr kuni tarqatgan dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Farhod Dehqonov Toshkent shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, asosiy vazifasi ekologiya va atrofni muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish kerak bo‘lgan holda, o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, go‘yoki daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat berganligi vaji bilan ularni nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan. Shu bois u Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup manzarali va mevali daraxtlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq borligiga qaramay xususiy quruvchi kompaniyai tomonidan ildizi bilan kesib tashlangandi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 797 700 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan deb baholadi. Bosh prokuratura quruvchi tashkilot rahbari tabiatga yetkazilgan 797,7 mln so‘m zararni to‘liq qoplaganini ma’lum qildi.
Holat bo‘yicha quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi