Dehqonobodda mudhish avtohalokat yuz berdi, qurbonlar bor

Jamiyat

image

Tirikchilik va’jida yarim tunda yo‘lga chiqib, yo‘l transport halokatiga uchrashi oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganlar haqida eshitganimizda, hodisa ishtirokchilariga achinish bilan birga yarim tunda chiqmaganda shu falokat bo‘lmasdi, deb qo‘shib qo‘yamiz. 

Bugun,11 oktyabr kuni tonggi soat 04.00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Gumbuloq MFY hududidan o‘tuvchi “Olmaota – Toshkent – Termiz” yo‘nalishidagi xalqaro avtomobil yo‘lining 1262-kilometrida mudhish hodisa yuz berdi. Katta yo‘lda harakatlanayotgan “Lasetti” hamda “Kamaz” rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi 4 kishini hayotdan olib ketdi.

Avtohalokatning beshinchi ishtirokchisi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Hurlik mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan X.B. zudlik bilan Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. 

Bemorga “O‘ng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinishi” tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda shifokorlar unga davo muolajalarini ko‘rsatmoqda.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Dehqonoboddagi avtohalokat

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar