Dehqon xo‘jaliklariga yagona soliq stavkasi belgilanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra:

•    barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan  olinadigan yer solig‘i uchun soliq solish ob’ektidan chiqariladi;

•    dehqon xo‘jaliklariga 1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida yagona soliq stavkasi belgilanadi.

Shuningedk, ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi:

•    birinchi bosqichda (2021–2023 yillar) – ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi ob’ektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan;

•    ikkinchi bosqichda (2022–2024 yillar) – yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan.

Bundan tashqari, foydalanishga ruxsat etilgan yer uchastkalari turlari klassifikatorlari va ularga bo‘lgan huquqlarni tugatish uchun asoslarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi Yer kodeksi tayyorlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

dehqon xo'jaligi

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar