Davring keldi surib qol. Sirdaryo hokimligi 477,9 mlnga “toychoq” xarid qildi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimligi 477 mln 900 ming so‘mga KIA Sorento Comfort avtomobilini xarid qildi. Tegishli shartnoma Davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan.

Shartnoma joriy yilning 21 dekabr kuni OOO  “Roodell” kompaniyasi bilan tuzilgan. Mashina 10 kun davomida yetkazib berilishi kerak.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi Ziyodulla Davlatov 2-sektor hududidagi kam ta’minlangan oilalarning uylarini ta’mirlashga ajratilgan pulga KIA Seltos Prestige G765 avtomobilini xarid qilish bo‘yicha qarorni imzolagan edi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligi 398 mln so‘mga Trailblazer rusumli avtomobil sotib olgandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari” tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xizmat mashinalari narxlari BHMning 2000 baravaridan (490 mln so‘m), dvigatel eng yuqori quvvati 4000 sm kubdan oshmasligi lozim. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made