Davosiz dardning o‘zi yo‘q. Yoxud tabiiy giyohlar bilan qanday davolanish mumkin?

Biznes

image

Inson o‘simlik dunyosi boyliklaridan ming yillar davomida turli kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalangan. Hali tibbiyot rivojlanmagan zamonlarda ham odamlar kasallikka chalingan va tabiat in’om etgan dorivor giyohlar bilan davolangan. X asr oxiri XI asr boshlarida yashagan Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi ham so‘zimiz isboti. Bir so‘z bilan aytganda, aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklarni oldini olish va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi. Xalq tabobati esa tabiatda uchraydigan tabiiy giyohlarsiz bo‘lmaydi.

TABIAT HAQIQIY TABIBDIR

Dorivor o‘simliklar ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab – alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli kabi bir necha turlarga bo‘linadi. Yoki farmakologik ko‘rsatkichlariga qarab – tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi vazifalarni bajaradi. Ularning organizmga ta’siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalar o‘simlikning qismlarida turli miqdorda to‘planadi. 
Ko‘rinib turibdiki, xastaliklarning asosiy davo manbai bu tabiat.

TABIIY GIYOHLARNING AFZALLIGI NIMADA?

Tabiat zaminimizda o‘sadigan har bir giyohni asrlar davomida sayqallab keladi. Jonli mavjudot borki, kasal bo‘lishi, qaysidir dardga chalinishi tabiiy hol. 
Kasalliklarni giyohlar yordamida davolash o‘zining qadimiy an’analariga ega. Hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklarning turi ko‘payib, xalq tabobati shifobaxsh o‘simliklar bilan boyigan. Ko‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itburun, pista daraxti, sachratqi, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyiko‘t, tog‘rayhon, qizilcha, qoqio‘t va boshqalar tarqalgan. 
Ta’sir kuchiga kelsak, oqquraydan pesni davolashda, gulxayridan balg‘am ko‘chirishda, jag‘-jag‘dan qon ketishini to‘xtatishda, pistadan ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Tabiatda shunday giyohlar borki, bir emas bir necha dardga davo bo‘la oladi. Masalan, oliy navli qora sedana. Qora sedana o‘limdan boshqa har bir dardga davo ekanligi sahih hadislarda ko‘p keltirilgan. Uning immunitetni mustahkamlashi, o‘pka – bronx kasalliklarini oldini olishi, asab va yurak tizimi faoliyatini tiklashi, ovqat hazm qilish tizimini hamda tana teri holatini yaxshilashi, sochlarni o‘stirishi va mustahkamlashi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishi olimlar tomonidan isbotlangan.

Oliy navli qora sedana asosan Misr va Saudiya Arabistonida o‘sadi. Biroq 50 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz   “ALHADAYA” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan oliy navli qora sedana kapsulasidan ijobiy natija olayotganliklari haqida ko‘p yozishadi.

Shunday ekan azizlar tabiiy vositalar bilan ham natijalarga erishish mumkin. Zero ota-bobolarimiz faqatgina tabiiy mahsulotlardan foydalanishgan. Xulosa qilib aytganda, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, umuman olganda kasalliklardan holi yashash o‘z qo‘limizda. O‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang!

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing