Davlatga 60 mlrd zarar keltirgan Qarshining sobiq hokimi uy qamog‘iga olindi

3-sahifa

image

Davlat manfaatlariga 60 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazishda gumonlanayotgan Qarshi shahar sobiq hokimi Jamshid Fozilovga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi tanlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, J.Fozilov 2016 yil 09 iyul kunidan 2019 yil 26 oktyabr kuniga qadar Qarshi shahar hokimi lavozimida ishlab kelishi davomida hokimlik huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish doimiy komissiya a’zolari, shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari U.Avazov, shahar hokimligi bosh yuriskonsulti Sh.Buxarov, shahar bosh arxitektori Sh.Bo‘ronov, Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali boshlig‘i M.Xushov va boshqalar bilan Qarshi shahri hududidagi yer maydonlari va boshqa infratuzilma ob’ektlarini noqonuniy ravishda soxta hujjatlar asosida berish haqida oldindan jinoiy til biriktirgan.

Shu tariqa 2018-2019 yillar davomida 54 ta holatda umumiy qiymati 60 mlrd. 512 mln. bo‘lgan jami 463.212,13 m.kv. yer uchastkalarini jinoiy guruh a’zolari tomonidan o‘z kuchini yo‘qotgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki qaror qabul qilishda asos bo‘lmagan boshqa soxta ma’lumot va yozuvlar kiritib tayyorlangan dalolatnomalarga asosan, auksion savdolari o‘tkazmasdan, noqonuniy yer ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish orqali talon-toroj qilinishiga sababchi bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 20.10.2022 yildagi ajrimiga ko‘ra, JPKning 242-2-moddasiga asosan viloyat prokuraturasi tomonidan  kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sudning mazkur ajrimiga nisbatan Qarshi shahar prokurori tomonidan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgan.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining yakuniy to‘xtamidan keyin jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda tegishli munosabat bildiriladi”, deyiladi prokuratura bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing