Davlat va bank xizmatlari ko‘rsatishda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator belgilandi

Jamiyat

image

2021 yil 1 maydan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat bojini elektron shaklda YAIDXP orqali to‘lash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Prezidentning “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

2021 yil 1 iyundan 16 yoshga to‘lgan shaxslarga ID-kartalari berish ularni soliq to‘lovchi sifatida hamda pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

2021 yil 1 iyuldan soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)dan foydalangan holda amalga oshiriladi. 

JSHSHIR barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator deb hisoblanishi belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2021 yil 1 iyulga qadar:

•    O‘zbekiston fuqarolarining hamda O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning STIRi JSHSHIR bilan o‘zaro birlashtiriladi;
•    STIR mavjud bo‘lmagan fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni JSHSHIR orqali soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yadi.

2021 yil 1 iyundan:

Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ deb belgilandi. 

Shuningdek, hozirda ro‘yxatdan o‘tkazishning huquqiy asosiga ega bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlarini, yuridik shaxslar birlashmalari, shirkatlar, matbuot va kooperativlar hamda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing