Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilinadi
Jamiyat
−
23 aprel 2023 6245 1 daqiqa
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 20 apreldagi “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Departament tashkil qilishdan maqsad davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirishdan iborat.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr