Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qachondan joriy etilishi aytildi

Salomatlik

image

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda kecha, 4 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotda so‘z boradi.

Bildirilishicha, 2024 yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.

“Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026 yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

davlat tibbiy sug'urtasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar