Davlat tashkilotining bosh buxgalteri 310 mln so‘m oylik olgani rostmi?
3-sahifa
−
04 aprel 2023
17590Ijtimoiy tarmoqlarga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi bosh buxgalteri 310 million so‘mdan ko‘proq oylik olgani haqida xabarlar sizdirildi. Tarqalgan xabarlarda bosh buxgalter yanvar oyi uchun – 157 590 680 so‘m, fevral oyi uchun – 310 808 200 so‘m oylik olganini ko‘rish mumkin.
QALAMPIR.UZ holat yuzasidan muassasa matbuot kotibi bilan bog‘landi.
Unga ko‘ra, ayni paytda tashkilot tomonidan tarqalgan xabarlarning noxolis yoki haqqoniyligini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi