“Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi

Jamiyat

image

Kecha, 27 dekabr kuni “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi. Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. 

Qonunga muvofiq ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

  • maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
  • maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
  • maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, mazkur qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan avgust oyida qabul qilinib, Senatga yuborilgan. Qonun 23 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

Qayd etish joiz, mazkur qonun qabul qilinishi bilan 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 30 yil deganda ilk bor yangilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat sirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing