Davlat ob’ektlarini “nol” xarid qiymatida sotish bekor qilinadi

Jamiyat

image

Davlat ob’ektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga muvofiq Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar:

•    davlat aksiya paketlari (ulushlari) bitta lot asosida savdoga chiqariladi;

•    sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilgan qiymati 100 million so‘mdan oshmagan davlat aksiya paketlari (ulushlari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ulushlar “1 so‘m” boshlang‘ich narxda, aksiya paketlari “1 ta aksiya – 1 so‘mdan bitta lot” tamoyili asosida qayta savdoga chiqariladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

•    davlat ob’ektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular o‘z vakolati doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlariga asosan investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi;

•    davlat unitar korxonalari xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi;

•    mazkur Farmonning 4-ilovasidagi davlat unitar korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirishda ularning ustav kapitali xatlov va baholash o‘tkazmagan holda soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilanadi;

•    davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin;

•    davlat ulushlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish shartnomalari doirasida belgilangan grafikka asosan qisman to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga to‘liq to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar ulush qiymatining to‘langan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida “tasarruf etish huquqisiz” egalik sertifikati beriladi;

•    davlat ko‘chmas mulki ob’ektlarini sotib olish shartnomalari doirasida qisman to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga sotib olish to‘lovini to‘liq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz” davlat orderi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion davlat ob'ekti

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing