Davlat xaridlarida qancha mablag‘ tejab qolingani aytildi
Jamiyat
−
07 yanvar 2022
3410O‘zbekistonda 2021 yil qiymati 11 trillion so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirildi. Bu haqda respublika Tovar-xomashyo birjasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining mablag‘larining tejalishi 2020 yilga nisbatan 86,8 foizga o‘sib, 1,7 trln so‘mni tashkil qilgan.
O‘tkazilgan elektron davlat xaridlarining 40 foizi byudjet buyurtmachilari, 60 foizi korporativ buyurtmachilarining ulushlariga to‘g‘ri kelgan. Elektron davlat xaridlarida ishtirok etgan tadbirkorlar (yetkazib beruvchilar)ning soni 8200 taga ko‘payib, 21,3 mingtani tashkil qilgan.
“Eng ko‘p davlat xaridlari sog‘liqni saqlash sohasi (1 102,5 mlrd so‘m), oliy va o‘rta maxsus ta’limi (504,1 mlrd so‘m) hamda xalq ta’limi tizimlari (356,3 mlrd so‘m) da amalga oshirilgan”, deyiladi birja xabarida.
Shuningdek, hududlar kesimida eng yirik bitimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (41,9 foiz), Navoiy (13,2 foiz), Farg‘ona (5,7 foiz) va Samarqand (5,4 foiz) viloyatlarida tuzilgan.
LiveBarchasi