Davlat idoralari ixchamlashtiriladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining yangi binosida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boshlangani haqida xabar bergandik.

Hozirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Prezident nutqi davomida davlat idoralarini transformatsiya qilish va ixchamlashtirish haqida gapirib o‘tdi.

“Navbatdagi vazifa – markaziy idoralarni transformatsiya qilish”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish maqsad qilingan. Buning uchun, eng avvalo, vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning tartibi, ularni bir-biridan farqlab turadigan mezonlar, tarkibiy tuzilma va shtatlarni belgilashga oid aniq talablar ishlab chiqiladi.

“Shu asosda bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi. Markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan ishlash jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etib, eskirgan byurokratik usullardan voz kechamiz. 

Bunda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan mustaqil hal etish bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakolatlari yanada kengaytiriladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing