Davlat bojxona qo‘mitasiga kim rais bo‘lishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Bu haqda palata Matbuot xizmati xabar berdi. 

Akmalxo‘ja Mavlonov bunga qadar Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan

Ma’lumot o‘rnida, Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 noyabr kuni Davlat bojxona qo‘mitasiga 2018 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Murodjon Azimov (u ham sobiq prokuror) Qashqadaryo viloyati hokimligiga tayinlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing