Davlat aholi ishlab chiqargan elektr energiyasini kafolatli sotib oladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Bu haqda bugun, 8 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan  yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Prezident elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan, panel o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa iste’molchilarga ham sotishi mumkin bo‘ladi.

Aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).

Har oyda hisob-kitob qilib, mablag‘lar xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing