Dars o‘tishni eplolmayotgan maktablar endi 64 xil kasb ham o‘rgatadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblar o‘rgatilishi bo‘yicha topshiriq bergan.

“Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo”, deya ta’kidlagan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu topshiriq yuzasidan hokimliklar 2 mingdan ortiq tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etilib, ularni jihozlaydi va zarur ashyolar bilan ta’minlaydi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamg‘armasidan mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, davlat rahbari yig‘ilishda o‘quvchilarni axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘rgatish muhimligini ta’kidlab o‘tgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing