Dard ustiga chipqon: Indoneziya yana bir ofatga duch keldi

Olam

image

Indoneziyaning Yava orolidagi Merapi vulqoni faollashdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Indoneziyaning Vulqonshunoslik va geologik ofatlar oqibatini yumshatish markazi (PVMBG) ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi olti soat ichida 50 metrgacha bo‘lgan balandlikda 36 ta kul otilishi qayd etildi.

Lava oqimlari vulqonning janubi-g‘arbiy yon bag‘irlari bo‘ylab 1,5 km balandlikdan oqyapti.

Hokimiyat ilgari evakuatsiya qilingan aholini o‘z uylariga qaytarish niyatida emas. Vulqondan 5 km masofada harakatlanish ham cheklangan.

Kecha, shuningdek, Semeru vulqoni ham faollashgan va 4,5 km balandlikka kul va tutun ota boshlagan.

Merapi Indoneziyadagi balandligi 2968 metr bo‘lgan eng faol vulqon bo‘lib, Yava orolida joylashgan. 2010 yilda vulqon otilishi natijasida 347 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq, Indoneziyaning Sulavesi orolida 6,2 balli zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Tabiiy ofat natijasida Mamuju shahrida gubernator ofisi, shifoxona va yana ko‘plab davlat muassasalari joylashgan binolar zarar ko‘rgani ma’lum qilindi. 

Zilzila oqibatida hozirgacha vafot etganlar 56 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

463

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing