Daraxt kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
19 may 2019
3845Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.B. va boshqalar Qarshi shahar “Nasaf” ko‘chasi yo‘l yoqasidagi 20 dona qarag‘ay, 1 dona shumtol daraxtlarini kesib, nobud qilishgan.
Natijada tabiat va o‘simlik dunyosiga jami 113,9 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi