Daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik. 

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala – “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash choralari ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu loyiha doirasida: 

  • yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan;
  • bundan buyon ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari mas’ul bo‘ladi;
  • bugundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinadi. 

Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘onada – 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat ekiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made