Daniyada otishma. Qurbonlar orasida Rossiya fuqarosi ham bor

Olam

image

Daniya poytaxtidagi savdo majmualaridan birida otishma sodir bo‘ldi. Qurolli hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan va yana to‘rt kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Politsiyasini ma’lum qilishicha, hodisa 3 iyul kuni Kopengagen janubidagi “Field's mall” savdo markazida sodir bo‘lgan. Bu haqida BBC nashri xabar berdi.

Qurolli hujum uyushtirganlikda gumonlanib hibsga olingan 22 yoshli yigitning ruhiy kasalligi aytilmoqda. Undan daliliy ashyo sifatida miltiq va o‘q-dorilar olib qo‘yilgan. Ismi hozircha ochiqlanmagan ammo uni “etnik daniyalik” deb ta’riflandi. Bugun, u sud oldida tergov qilinadi.

"To‘satdan biz o‘q ovozini eshitdik, menimcha, ular o‘n martao‘q otildi, keyin biz savdo markazidan yugurib chiqdik va hojatxonaga yashirindik. Bu kichkina xonaga 11 kishi yig‘ilgan edi. Bu dahshatli edi”, deydi yaqin orada bo‘lgan qiz.

Hujum sodir etilgan vaqtda hududda britaniyalik xonanda Garri Staylsning konsertiga kelgan yuzlab odamlar bo‘lgan. Terakt ortidan konsert ham bekor qilingan.

Politsiyachining so‘zlariga ko‘ra, otishmada 17 yoshli daniyalik yigit va qiz hamda 47 yoshli Daniyada istiqomat qilayotgan Rossiya fuqarosi qurbon bo‘lgan. Yaradorlar orasida ikki daniyalik va ikki shved ham bor.

"Avvaliga odamlar uni o‘g‘ri deb o‘ylashdi. Lekin birozdan keyin to‘satdan o‘q ovozini eshitdim va darhol do‘kon peshtaxtasiga yugurdim. U shiftga ham, yerga ham emas, shunchaki olomonga qarata o‘q uzdi”, deydi hujum guvohi bo‘lgan Rikke Levandovskiy Daniya televideniyesiga bergan intervyusida.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing