Daniya qirolichasi taxtdan voz kechdi

Olam

image

Daniya qirolichasi Margrete II taxtdan voz kechdi. Bu haqda qirolicha  kutilmaganda o‘zining yangi yil tabriknomasida televideniye orqali ma’lum qildi.

Shunday qilib, Margrete II 52 yillik hukmronlikdan so‘ng, 2024 yilning 14 yanvarida taxtdan tushadigan bo‘ldi. 

Qirollik saroyi saytida chop etilgan bayonotida aytilishicha, undan keyin qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li, valiahd shahzoda Frederik qirol bo‘ladi.

"Men taxtni o‘g‘lim valiahd shahzoda Frederikka qoldiraman", degan u tabrik paytida.

Ma’lumot o‘rnida, 83 yoshli Margrete II 1952 yilda otasi qirol Frederik IX vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Daniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxdir.

Britaniya qirollik an’analaridan voz kechgan holda, 55 yoshli valiahd shahzoda Frederikning rasmiy toj kiyish marosimi o‘tkazilmaydi. Buning o‘rniga saroy o‘sha kuni uning taxtga o‘tirganini tantanali e’lon qiladi.

Qirolicha Margrete Daniyada birinchi shaxs bo‘lib, ko‘plab daniyaliklar uning o‘limigacha taxtda qolishini kutishgandi.

Eslatib o‘tamiz, bunday holat 2019 yilda sodir bo‘lgandi. Unda Yaponiyada o‘sha paytdagi mamlakat imperatori Akixito taxtdan voz kechgan.


Maqola muallifi

Teglar

Daniya qirolichasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar