Dani Olmo “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi
Sport
−
19:21 323 1 daqiqa
“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan “Pari Sen-Jermen”ga qarshi uchrashuvda (2:4) olgan jarohati sababli Ispaniya chempionatining 10-turida “Real Madrid”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
28 yoshli futbolchi PSJga qarshi uchrashuvning 27-daqiqasida maydonni tark etdi. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar uning chap oyog‘idagi mushak bilan bog‘liq muammoni aniqladi.Shu tariqa, Olmo yaqinlashib kelayotgan “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
“Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi “El-Klasiko” uchrashuvi joriy yilning 25 dan 26 oktyabrga o‘tar kuni Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” himoyachilari Erik Garsiya va Jyul Kunde Ispaniya chempionatining 9-turida “Betis”ga qarshi (5:2) uchrashuvda jarohat u sababli “El-Klasiko”da ishtirok eta olmasligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi