Dana Uayt Islom Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi haqida gapirdi

Sport

image

Joriy yilning 27 fevral kuni Las-Vegasda (AQSH) o‘tkazilgan UFC Fight Night 202 turnirining markaziy janggida rossiyalik Islom Maxachev amerikalik Bobbi Grinni texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. Bu Islomning UFC’dagi ketma-ket 10-g‘alabasi edi. Hozirda dog‘istonlik sportchining keyingi janggi chempionlik kamari uchun kechishi kerakligi haqida gap so‘zlar urchidi. 

UFC prezidenti Dana Uaytga ko‘ra, Islomning navbatdagi bahsi Beneil Dariushga qarshi bo‘lishi mumkin. Beneil UFC’ning yengil vazn toifasidagi reytinggi baland sportchilardan biri hisoblanadi va u Maxachevga muammo tug‘dirishni eplay oladi.

“Bu yigit (Islom Maxachev) nihoyatda zo‘r. Bobbi Grin ushbu jangga 10 kun qolganda rozi bo‘lgan. Biroq u ajoyib tayyorgarlikka ega edi. Maxachevga qarshi oktagonga chiqishidan biroz oldingi jangda chiroyli g‘alaba qayd etgandi. Maxachevning Bobbiga o‘xshagan yigitga qilgan ishi esa daxshatning o‘zginasidir. Bu Bobbi uchun juda og‘ir edi. Maxachevning chempionlik jangi muhokama qilinmoqda. Lekin baribir Islomning Dariush bilan jangini ko‘rishni istayman. Beneil Dariush UFC yengil vazn reytinggining uchinchi raqamli jangchisi hisoblanadi. Dariush Islom bilan bo‘ladigan jangga bir hafta qolganida oyog‘ini sindirib oldi. Bu – sport, unda nimalar bo‘lmaydi deysiz. Islom Maxachevning keyingi raqibi kim bo‘lishini muhokama qilamiz”, degan Uayt.

Ma’lumot o‘rnida, rossiyalik jangchi Islom Maxachev 27 fevral kuni amerikalik Beneil Dariush bilan jang qilishi kerak edi. Biroq jangga oz fursat qolganida Beniyelning oktagonga chiqolmasligi ma’lum bo‘ldi. Ayni damda UFC’ning yengil vazn toifasida chempion braziliyalik Charlz Oliveyra hisoblanadi. Charlzdagi kamarga asosiy da’vogar sifatida Maxachev e’tirof etilmoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing