Damashqda xalqaro aviaqatnov tiklandi
Olam
−
07 yanvar
17722024 yilning dekabrida Suriyada mamlakatning sobiq rahbari Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin bir oylik tanaffusdan so‘ng Damashq aeroportida xalqaro havo qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni AFP News xabar berdi.
Suriya havo yo‘llariga qarashli samolyot Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga uchgan. Qatardan Qatar Airways samolyoti Damashqqa ertalab yetib kelgan. Bu so‘nggi 13 yil ichida Suriya poytaxtiga qo‘ngan birinchi tijoriy reysdir. Yo‘lovchilar ko‘tarinki kayfiyatda yetib kelgan. Ba’zilar o‘zlari bilan Asad muxoliflari ishlatgan bayroqlarni olib ketgan. Qatar Airways aviakompaniyasi Suriyaga haftada uch marta parvoz qilishni rejalashtirmoqda.
“Bugun yangi davr boshlandi”, dedi aeroport direktori Anis Fallux.
Iordaniyaning “Petra” davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 yanvar kuni Royal Jordanian milliy aviakompaniyasining birinchi sinov parvozi ham Damashqqa uchgan. Shu munosabat bilan aviatashuvchi Suriya rasmiylariga nisbatan “qo‘llab-quvvatlash va birdamlik” ishorasini e’lon qildi. Iordaniya Milliy aviatsiya ma’muriyatining ta’kidlashicha, parvoz aeroportdagi texnik sharoitlarni baholashga qaratilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Damashq aeroporti 7 yanvardan e’tiboran xalqaro reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshlashi xabar qilingandi.
LiveBarchasi