Dam olish kunlarida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Joriy yilning 6-7 iyun kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan prognozda keltirilgan.
 
Unga ko‘ra, 6-7 iyun kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 6 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va 7 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi 34-37 darajagacha yetadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7 iyunda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 5-7 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 34-36 daraja bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing