Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelmoqda. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 20-23 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarida 25-27 daraja iliqqacha bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda kechasi 10-15 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daroaja iliqni, 6 marta kechasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Iliq havoning jadal kirib kelishi, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing