Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Unga ko‘ra, ertaga 18 noyabr kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda esa ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida quruq havo saqlanib turadi.

19 noyabr kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 

Harorat dam olish kunlari kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 18 noyabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 18 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 19 noyabr biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 noyabr 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Harorat ertaga, 18 noyabr kuni 20-22 darajadan 19 noyabrda 16-18 darajagacha asta-sekin pasayadi. Shanba kuni havo harorati kechalari 7-9 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir sovuq Dam olish kunlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing