Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq havo kiradi
Bu qiziq
−
17 Sentabr 2021
14229Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko‘rsatkichi 35-37° gacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me’yoridan 2-4° ga yuqori bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Lekin, O‘zbekistonning shimoliy chekka hududlariga bugungi kundan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33° gacha, Ustyurtda 23-26° gacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35° gacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27° gacha biroz pasayadi.
Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13° ni, kunduz kunlari 26-29° ni tashkil etadi.
LiveBarchasi