Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘ladi
Bu qiziq
−
19 fevral 2021 12090 2 daqiqa
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun ob-havo o‘zgara boshladi, osmonni zich bulutlar qopladi, shimoli-g‘arbiy hududlarda qorga aylanadigan yomg‘irlar boshlandi. Ob-havo o‘zgarishiga bugun mamlakatga Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan sovuq va nam antitsiklon sababchidir.
Kun davomida respublikaning barcha hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, shimolda qor yog‘adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo‘ladi, shimolda 0-5° iliqdan oshmaydi.
Dam olish kunlarida antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yorga yaqinlashadi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi, ehtiyot bo‘ling!
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025