Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi

Bu qiziq

−

image

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Unga ko‘ra, 25-26 noyabr kunlari havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Ertaga, 25 noyabr kuniga kelib 17-20 darajagacha, yakshanba kuni esa 20-23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxt Toshkent shahrida: 25-26 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, 25 noyabrda 16-18 daraja, 26 noyabrda 19-21 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing