Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Kelayotgan dam olish kunlari va yangi haftaning ilk kuni – 8-10 oktyabrda O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati kechasi 7-12 darajagacha iliq, kunduzi esa 20-25 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 9 oktyabrda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 10 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 oktyabrda 7-12 daraja, 10 oktyabrda 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 10 oktyabrda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 8-9 oktyabrda 24-29 daraja, 10 oktyabrda 27-32°bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 8 oktyabrda 20-25 daraja, 9 oktyabrda 22-27 daraja, 10 oktyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 8-9 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja, 10 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 darajabo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Dam olish kunlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing