Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 22 oktyabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi, harorat foni yana ko‘tariladi va kechasi 7-12 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi havo 25-27 darajagacha, janubda 29 darajagacha isiydi, bu me’yordan biroz yuqoridir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublika shimoliga esa Volgabo‘yi hududlaridan antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, buning hisobiga ushbu hududlar bo‘yicha kunduzi havo harorati 13-15 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bunday ob-havoni antitsiklon belgilaydi va respublikaning barcha hududlari uning ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati kechasi 9-14 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 12-15 darajagacha pasayadi, bu ushbu kunning o‘rtacha iqlimiy me’yoridan 8-10 darajaga pastdir.

21-22-oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

881

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing