Dam olish kunlari qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
17:01 2513 1 daqiqa
Joriy yilning 18-19 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, havo harorati kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 31-34 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda, bu sentyabr oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.
Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha, janubiy viloyatlardan tashqari, bulutlilik kuchayishi va kunduzgi harorat 2-3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘ir faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ishi mumkin.
Respublikaning cho‘l zonasida va tog‘li hududlarida 20 sentyabr kuni shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 18-20 daraja, kunduzi 18-19 sentyabrda 32-34 daraja, 20 sentyabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 19 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lishi, shuningdek, harorat 37 darajagacha ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi.