Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 3-5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.                                                     

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatilarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqanad, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlaida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing