Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 4 sentyabr kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li hududlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga, 5 sentyabr kuni harorat foni deyarli o‘zgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida 23-28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, joriy yilning, 6 sentyabr kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

4-5 sentyabrda shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ldi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi 30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 16-18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing